özbek türkleri tarihi - Tefekkür Gülşeni
|
|
Odamiylik haqida
|
Vaqt, mehnat, halollik, bilim, o'zni qo'lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va ahloqiy qudrati – har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
|
Inson qanday bo'lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo'lish vaqti ham kelgandir?!
|
Bir o'zing holi qolganda ham badxoh ishga qo'l urma, yomon so'z aytma. Boshqalarga qaraganda o'z-o'zingdan ko'proq istihola qilishni o'rgan.
|
Avvalo yaxshi ahloqni, keyin donishmandlikni o'rgan, chunki ahloqli bo'lmay turib, donishmand bo'lish amri mahol.
|
Ahloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani ko'zda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz.
|
Do'stlik haqida
|
Do'stlik bebahogina emas, go'zallik hamdir: biz do'stlarni ardoqlagan kishini sharaflaymiz, ko'p dustga ega bo'lish allaqanday ajib narsadek tuyuladi, ba'zilar esa hatto yaxshi odam do'stni mutlaqo bir-biridan ajratmaydilar.
|
Kimki dunyoda o'z do'stlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishi shart emas.
|
Butun hayot davomida donishmandlik baxsh etadigan muhim baxtiyorlik do'st qalbini topa bilishdir.
|
Agar taqdir odamga saxovat ko'rsatib, dunyodagi eng buyuk baxtni tortiq qilmoqchi bo'lsa, unga sadoqatli do'stlar in'om etadi.
|
Biz bilan birgalashib hech kim quvonmasa, baxtimiz ham naqadar o'z jozibasini yo'qotgan bo'lardi! Biz uchun bizdan ortiqroq qayg'uruvchi do'stimiz bo'lmaganda, kulfatlarga chidashimiz ham qanchalar og'ir bo'lardi.
|
Sadoqat do'stlik vasiyatidir, u insonga berilishi mumkin bo'lgan eng qimmatbaho tortiq.
|
Yoshlikda tug'ilgan do'slik ajralmas va lazzatlidir, u hech qachon o'lmaydi.
|
Muhabbat haqida
|
Sevgi inson qalbidagi hayotbaxsh o'tdirki, shu tuyg'u tufayli odam yaratgan barcha narsalar hayot va nafosat bilan yo'g'rilgandir.
|
Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysundiradi, dimog'dorlarni shafqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati – nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
|
Muhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi.
|
Sevgi hayotning buyuk bezagidir. U tabiatni gullab-yashnashga, jilolanishga, ajib qo'shiqlar kuylashga, binoyi raqs tushishga majbur etadi.
|
Sevgi ko'pincha aqlli kishilarni aqldan ozdiradi va aqlsizlarga aql beradi.
|
Bo'lmasa ishq, ikki jahon bo'lmasun,
Ikki jahon demaki jon bo'lmasun.
Ishqsiz ul tanki, aning joni yo'q,
Husnni netsun kishikim oni yo'q.
|
Sevgi – ummon uzra porlagan mayoq,
Zulmatu tumanda aslo o'chmaydi.
Sevgi – yorqin yulduz, unga qaramoq -
Dengizchi bexato yo'lin o'lchaydi.
|
Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
|
Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi.
|
|
|
|